THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

“Xotirasi hamisha yodimda...”


17.01.2022

Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasiga Birinchi Prezidentning safdoshlaridan biri, uzoq yillar turli vazirlik va idoralarda raxbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan Baxodir Umurzoqov tashrif buyurdi. Islom Abdug‘aniyevich Qashqadaryo viloyatiga raxbarlik qilgan vaqtlaridan boshlab ularning o‘rtasida yaqin, o‘zaro ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan edi.

 

 

Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Akbarovna bilan suhbat chog‘ida o‘tgan yillar bilan bog‘liq xotiralar alohida hurmat ila yodga olindi.

“Islom Abdug‘aniyevich masʼuliyatni chuqur his etadigan, yuqori bilim va tajribaga ega raxbarlarni, xaqgo‘y va samimiy odamlarni qadrlar edi.

 

 

U kishi hech qachon ro‘parasida turgan odamdan ko‘zini olib qochmasdi. Uning tik qarashiga hamma ham dosh berolmagan. qo‘rqoq, ikkiyuzlamachi, nopok odamlarni yoqtirmasdi. Islom akaning o‘zi o‘ta prinsipial, qatʼiy va irodali, muhimi vijdonli inson bo‘lgan”, dedi Baxodir aka.

Ko‘p yillik ish tajribasiga ega Baxodir Hamidovichning aytishicha, kadrlar bilan ishlash, odamlarni qadrlash va rag‘batlantirish, o‘z vaqtida va to‘g‘ri qaror qabul qilishni aynan Islom Karimovdan o‘rgangan. Bu insonning turish-turmushi ko‘plab raxbarlar uchun katta hayot maktabi bo‘lgan. Umurzoqov Tatyana Akbarovnaga, Islom Karimov xotirasiga yana bir bor hurmat va ehtirom ko‘rsatishga imkoniyat bergani uchun cheksiz minnatdorligini ifoda etdi. Buyuk davlat arbobining xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan saʼyi-xarakatlarda Tatyana Karimova hamda majmua jamoasiga muvaffaqiyatlar tiladi.