ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Xotiraga hurmat – tarixga hurmat


17.08.2018

16 avgust kuni Yodgorlik majmuasiga iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari respublika kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar raislaridan bir guruhi tashrif buyurdi.

Mehmonlar Birinchi Prezident Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

 

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi bilan tanishgach, kasaba uyushmalari xodimlari faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklar bildirilgan dastxat yozib qoldirishdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining o‘quv markazida tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv kurslari tinglovchilari, Yodgorlik majmuasi, xususan ko‘rgazma xodimlariga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.