ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi katalogining taqdimoti


28.08.2018

Yodgorlik majmuasida Islom Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Har kuni ko‘rgazmaga minglab hamyurtlarimiz, xorijiy mehmonlar, chet ellardan rasmiy doiralar vakillari kelib, ekspozitsiyani katta qiziqish bilan tomosha qilib, esdalik kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirmoqdalar.

Shu kunga qadar ko‘rgazmaga 150 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdi.

 

Islom Karimov Fondi bilan Yodgorlik majmuasi hamkorligida mazkur ko‘rgazma ekspozitsiyasining katalogi nashr etildi.

Katalogda, Islom Karimov obrazini mukammal yarata olgan rassom va haykaltaroshlar, fotosuratchilarning eng sara ijod namunalari o‘z aksini topgan.

Tadbirda ko‘rgazmaning eng faol ishtirokchilariga Tatyana Akbarovna Karimova tomonidan «Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti» medallari topshirildi.

Shuningdek, tadbir qatnashchilariga Birinchi Prezidentimizning rafiqasi dastxati bitilgan ko‘rgazma kataloglari taqdim etildi.