ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Xitoy delegatsiyasi tashrifi


17.08.2018

17 avgust kuni Yodgorlik majmuasiga Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashi Bosh boshqarmasining boshqarma boshlig‘i, general-mayor Fan Szyanszyun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

 

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti haykali poyida Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasida Xitoy delegatsiyasiga Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova hamrohlik qildi.

 

Ko‘rgazma ekspozitsiyasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlarga Xitoy delegatsiyasi tomonidan yuqori baxo berildi.

Janob Fan Szyanszyun ko‘rgazmadan olgan taassurotlarini faxriy mehmonlar kitobiga yozib qoldirgan dastxatida ifoda etdi. Tatyana Karimova tomonidan Xitoy delegatsiyasi a’zolariga «Islom Karimov-Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» xotira kitoblari taqdim etildi.

 

Mehmonlar Birinchi Prezidentning rafiqasi hamda Majmua xodimlariga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.