ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Butun olamni jo qilgan yurak


13.07.2018

 

Birinchi Prezidentimizning xotirasini yod etish maqsadida, “Butun olamni jo etgan yurak” nomli ko‘rgazmaga tashrif buyurdim.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan taniqli rassomlar qatorida, mening ustozim – O‘zbekiston Xalq rassomi, akademik Akmal Ikromjonov tomonidan ishlangan asarlar ham egallagan.“Zarrin kun” nomli asar, ruhan ixcham bo‘lishiga qaramay, unda samimiy tuyg‘ular, mehri muhabbat to‘liq va yorqin ifoda etilgan.

Kartinada Birinchi Prezidentimiz va ularning rafiqalari Tatyana Karimovaning baxtli holati tasvirlangan. Mazkur asar qalbimda g‘urur uyg‘otdi. Shunday iqtidorli rassomning ustaxonasida tahsil olayotganimdan yana bir bor faxrlandim. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan har bir san’at asari Birinchi Prezidentimizning biz uchun noma’lum bo‘lgan hayotiy lavhalarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Irbutayeva Ma’mura
Kamoliddin Behzod nomidagi
Milliy rassomchilik va dizayn instituti
1-kurs magistranti

 

 

Я решил отдать дань памяти, вне всякого сомнения, великой личности ХХ века Исламу Каримову через создание его образа, который найдет свое отражение на медали. Надеюсь  рельеф с его образом станет достойным подарком.

Мне не приходилось учавствовать в конкурсе по созданию лучшего памятника Первому Президенту Узбекистана. Я никогда не создавал конъюктурные, заказные портреты. Наставления моего учителя, великого Аникушина, да и моё академическое образование, мои принципы никогда не позволяли выполнять работу не вкладывая в нее душу и сердце. Как известно, Наш Первый Президент, никогда специально не позировал художникам. И для меня тоже было бы непросто создать образ человека, с которым я не был близко знаком. Вместе с тем чувство долга перед памятью нашего Первого Президента никогда не покидало меня. Желание внести свою лепту в дело увековечивания его памяти стало для меня жизненноважной целью. Просмотрев сотни фотографий, видеоматериалов, мне все же удалось найти тот самый, нужный профиль для создания эскиза памятной медали.

Азамат Хотамов

Кавалер ордена “Дустлик”

 

O‘zbek xalqining aziz farzandi Islom Karimovga dunyo havas qiladigan buyuk davlat – O‘zbekistonni barpo etganliklari uchun juda katta minnatdorchilik bildiraman. “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasini ko‘rib, ko‘nglim shod bo‘ldi. Kelajakda O‘zbekiston san’atini yanada yuksalishi uchun bor shijoatim bilan ijod qilishga harakat qilaman. Ushbu yodgorlik majmuasini O‘zbekistonning muqaddas maskanlaridan biri deb, hisoblayman.

Ziyodullo Botirov
Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri Bosh rassomi,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

 

 

Men buyuk inson – Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bilan bir davrda yashaganim bilan faxrlanaman. Ko‘rgazmaga kelib, ularning kulib turgan chehralarini ko‘rib. Islom akani sog‘inganimni angladim. U kishini quyoshga o‘xshataman. Barchamizga nur, issiqlik ulashib turgandek go‘yo.

Karimova Mengdona
Surxondaryo viloyati

Manushak Arushanova olgan suratlar