ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Mustaqil davlatimiz asoschisiga ehtirom


27.01.2018

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Islom Karimov – ma’naviy yuksalish tashabbuskori” mavzuida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hayoti va faoliyatiga oid maxsus videorolik namoyish etildi. 

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuq va marralarni haqli ravishda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bog‘laydi. 

– Islom Karimov mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan atoqli davlat arbobidir, – deydi Toshkent davlat yuridik universiteti professori O.Muhammadjonov. – Qolaversa, tarixda jahon siyosat olamida hamisha kelajakni oldindan ko‘ra oladigan, tashabbuskor, o‘z nuqtai nazarini qat’iy himoya qilib, oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha oladigan buyuk shaxs sifatida tanildi. 

Tadbir doirasida institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Mening Birinchi Prezidentim" insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. 

Shaxnoza Mamaturopova, O‘zA