ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

«Birinchi Prezident vaqt ko‘zgusida»


30.08.2018

30 avgust kuni Poytaxtimizdagi «Toshkent fotosuratlar uyi»da O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farxod Qurbonboyev fotosuratlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

O‘zbekiston Mustaqilligi kuni arafasida o‘tkazilgan ko‘rgazma, butun umrini O‘zbekistonning ravnaqi, o‘zbek xalqining farovonligini ta’minlashga bag‘ishlagan buyuk shaxs-Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlandi.

25 yil… Davlat rahbarining hayoti va faoliyatiga oid voqealarni - Islom Karimovning rasmiy portretlari turkumini yaratish, uning xalqaro siyosiy mashvaratlardagi ishtiroki, tantanali tadbirlar, rasmiy marosimlardagi chiqishlari, hamyurtlarimiz davrasidagi suhbatlari, oila a’zolari, yaqin do‘stlar bilan kechgan damlarni yilma-yil, oyma-oy, kunma-kun fotokamera orqali yoritish...

 

Bular haqida gapirish oson. Lekin birinchidan mas’uliyat, qolaversa ish sifati yuqori darajada bo‘lishi kerak. Bilasiz suratga olinayotgan lahzalar qaytarilmaydi. Birinchi Prezidentning salobati bosib turganda mana shu talablarga amal qilishning o‘zi bo‘lmagan.

Ko‘rgazmada muallifning ko‘p yillik mashaqqatli mehnati mahsulining bir qismigina namoyish etildi. Lekin shu suratlarning o‘zi ham kichkina obyektiv vaqt va zamon ko‘zgusiga aylanishi mumkinligini tasdiqladi.

 

Farxod Qurbonboyev o‘z kasbining ustasi, ayni paytda Yodgorlik majmuasida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ko‘rgazmada Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova ishtirok etdi va nutq so‘zladi.